Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Jizzax viloyatida 11 yoshli o‘quvchi B2 sertifikatini qo‘lga kiritdi
Abdulqodir Muhammadijonov endi C1 sertifikatini olishga harakat qilmoqda.
Jizzax viloyati Zomin tumanidagi ixtisoslashgan maktab o‘quvchisi Abdulqodir Muhammadijonov 2025 yil yozida, 11 yoshdaligida chet tilini bilish darajasi bo‘yicha B2 sertifikatini qo‘lga kiritgan.
Abdulqodir Muhammadijonov oddiy oilada dunyoga kelgan, otasi Laziz Mahmudov tadbirkor, onasi Sevara Mahmudova bog‘cha tarbiyachisi. Uning o‘zi maktabga tengqurlariga qaraganda ertaroq, 6 yoshida qabul qilingan.

Uning JASUR ENGLISH o‘quv markazidagi o‘qituvchisi Jasur Axmurodovning aytishicha, Abduqodirning kelajak orzusi – Amerikaning nufuzli universitetlarida o‘qish hisoblanadi. Mana shu orzusi uning ingliz tiliga qiziqishi ortishiga sabab bo‘lgan.
Ayni vaqtda ham JASUR ENGLISH o‘quv markazida alohida shug‘ullanayotgan Abdulqodir endilikda keyingi marraga harakat qilmoqda va CEFR imtihonida yana bir bor o‘zini sinab ko‘rmoqchi.
Bu safar u C1 darajali sertifikatni qo‘lga kiritishni ko‘zlagan.
Mavzuga oid
14:33 / 14.02.2026
Yashin tushdimi yoki AI mahsuli? Hokimlik O‘zgidromet xabarini rad etdi
09:33 / 14.02.2026
Forishda kuchli yomg‘ir oqibatida sel-suv oqimlari kuzatildi
11:09 / 07.02.2026
“Harvardda o‘qimoqchiman”– 9 yoshida B2 sertifikatini qo‘lga kiritgan bolakay
10:05 / 03.02.2026