Zomin tumanida sodir bölgan bu fojia ortidan haligaça turli savollar örtaga çiqmoqda. Voqea bundan bir oy muqaddam, 23 iyun kuni röy bergan. Xorazm viloyati, Urganç şahridan bir oila dam oliş maqsadida Zomin tumanidagi toğli qişloqqa keladi.
Ular mahalliy aholi uylaridan birida yaşaş uçun töxtaydi. Taxminan soat 19:30 larda oilaning ikki yoşli öğli xonadondan çiqib ketadi — va izsiz yöqoladi.
Qidiruv işlari boşlanadi. Bir neça kun ötib, bolakayning jasadi — uydan taxminan bir kilometr uzoqlikdagi tepalikda topiladi.
Şu paytdan boşlab ijtimoiy tarmoqlarda turli taxminlar va gap-sözlar tarqala boşladi. Kimdir bola adaşib, oçlik va suvsizlikdan vafot etganini aytmoqda. Yana kimlardir u öldirilganini, jasadi yaşirilganini iddao qilmoqda.
Bizga yetib kelgan bir manbaga köra, bola ehtiyotsizlik oqibatida, uy egasining maşinasi ostida qolib, nobud bölgan.
“Bu bolaça dam olişga kelgan, xorazmliklar. Uç aka-uka ekan, bir yoş-bir yoş farq qilgan. Bu ikki yoş ekan. Dam oladigan uyda, ... aka degan odamning uyi, şuni öğli bor. “Kobalt”i bor, moşinni orqaga haydaganda körmay bosib ketibdi. Kallasidan buni. Şu payti ölib qolgan. Bir kun odyalga örab saqlagan [bolani-tahr], qayergadir yaşirganda. Bir kundan keyin soy bor, toğning uçi, bir kilometr tepada, şu yerga şunday taşlab ketibdi. Bolaça endi tört kun-beş kun yotgan taşqarida. Qurtlab ketibdi, sasib ketgan. Xudoning karomati bilan u yerda böri-tulkilar köp, birortasi teginmagan. Faqat şu paşşa bosib yotganmiş”, deydi manba.
Içki işlar vazirligi axborot xizmati rahbari Şohrux Ğiyosovning Kun.uz’ga ma’lum qilişiça, Zomin tumani içki işlar bölimi tomonidan Özbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 266-moddasi 2-qismi bilan jinoyat işi qözğatilgan. Ayblanuvçiga nisbatan "qamoqqa oliş" tarzidagi ehtiyot çorasi qöllangan. Hozirda dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda.
Ikki yoşli bola uydan çiqib ketdi — va qaytmadi. Bu — oila uçun oğir fojyea. Jamiyat uçun esa — oğriqli savollarni örtaga çiqardi.
Bu voqea barçamizni yana bir bor ogohlikka çaqirişi kerak.
Farzandlarimizga, ayniqsa yoş bolalarga har kuni, har joyda köz-quloq bölişimiz lozim.











