10:47 / 13.12.2022
14996

Qo‘qonda gaz portlashi oqibatida bir kishi vafot etdi

Xonadon egasi gazni tekshirib ko‘rish maqsadida gugurt chaqqan. Uning ukasi shifoxonaga yotqizilgan.

Farg‘ona viloyati Qo‘qon shahridagi xonadonda gaz portlashi oqibatida bir kishi halok bo‘ldi. Bu haqda viloyat FVB matbuot xizmati xabar berdi.

12 dekabr kuni soat 15:24 da Qo‘qon shahar FVBning «101» qisqa raqamiga kelib tushgan xabarga ko‘ra, Alisher Navoiy mavzesi 101/13-uyda yashovchi 1991 yilda tug‘ilgan D.N. yashash xonadonida gaz chaqnashi oqibatida vafot etgan.

Olib borilgan o‘rganish davomida aniqlanishicha, fuqaro D.N. xonadonidagi gazni tekshirib ko‘rish maqsadida gugurt chaqqan paytda gaz va havo aralashmasi natijasida chaqnash (portlash) sodir bo‘lgan.

Natijada D.N. hodisa joyida vafot etgan. U bilan birga bo‘lgan ukasi fuqaro B.N. tanasining turli joylaridan kuyish jarohati bilan Qo‘qon shahar tibbiyot markaziga joylashtirilgan.

Mazkur holat yuzasidan Qo‘qon shahar prokuraturasi tomonidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari olib borilmoqda.

Mavzuga oid
Top