Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Hindiston Rossiya neftini minimal narxda sotib olishni boshladi
Rossiya neft sanksiyalari tufayli Hindistonga katta chegirma bilan xomashyo sotishga majbur bo‘lmoqda.
Dekabr oyida Hindiston portlarida Rossiya neftining asosiy eksport navi Urals narxi minimal darajaga tushdi, bu G‘arb davlatlari tomonidan qo‘yilgan 60 dollarlik narx chegarasidan ancha past.
Soliq va yig‘imlar, sug‘urta va yetkazib berish xarajatlarini hisobga olgan holda, ayrim hollarda ishlab chiqaruvchilar xomashyoni zarar ko‘rgan holda sotyapti, deb xabar berdi Reuters mahalliy treyderlarga tayanib.
Yevropaning Rossiya neftidan voz kechishi natijasida mahsulot yetkazib beruvchilar rekord chegirmalar taklif qilishga majbur bo‘lmoqda. Agar oktyabr oyida Brent neftining 1 barreli uchun taxminan 5-8 dollar chegirma berilgan bo‘lsa, noyabrda chegirma 10-11 dollargacha, dekabrda esa 12-15 dollargacha ko‘tarilgan.
Dengiz orqali yetkazib berishda Rossiya alohida muammolarga duch kelgan. Xomashyoni tashishga qodir kemalarning yetishmasligi yuk tashish xarajatlarining sezilarli darajada oshishiga olib keldi, shuning uchun xaridorlar bu xarajatlarni yetkazib beruvchilar zimmasiga yuklamoqda.
Rekord chegirmalar noyabr oyida Rossiya neftini Hindistonga yetkazib berish hajmini oshirish imkonini bergan. Natijada, Rossiya Iroqni ortda qoldirib, Hindistonga eng yirik xomashyo yetkazib beruvchiga aylandi.
Bu holat neft daromadlarining pasayishiga olib kelgan. Xalqaro energetika agentligi (IEA) ma’lumotlariga ko‘ra, Rossiya kompaniyalari noyabr oyida avvalgi oyga nisbatan 700 million dollarga kam mablag‘ olgan.
Mavzuga oid
08:33 / 05.06.2026
AQSh Rossiyaga qarshi sanksiyalarni kengaytirish sari qadam tashladi
19:25 / 01.06.2026
O‘limlar vodiysi – VARANASI | SUBYEKTIV
08:50 / 01.06.2026
YeI Rossiya neftiga nisbatan yangi sanksiyalarni tayyorlamoqda
09:16 / 29.05.2026