Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Qashqadaryoda qarzdorlarning otasi MIB xodimlarini urib jarohat yetkazdi
Holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 219-moddasi 2-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan. MIB xodimini urgan shaxs JPKning 221-moddasi tartibida ushlangan.
Jinoyat natijasida yetkazilgan moddiy va ma’naviy zararni undirish bo‘yicha ikki nafar fuqaroning uyiga borgan MIB xodimlari qarzdorlarning otasi tomonidan hujumga uchragan. Bu haqda Kun.uz’ga Bosh prokuratura huzuridagi Majburiy ijro byurosi matbuot kotibi ma’lumot berdi.
Ma’lum qilinishicha, hodisa 2022 yil 9 dekabr kuni Ko‘kdala tumanida sodir bo‘lgan. MIB Ko‘kdala tumani bo‘limining ikki nafar ijrochisi Jinoyat ishlari bo‘yicha Chiroqchi tuman sudining qaroriga asosan qarzdor aka-uka R.E. va R.E.dan undiruvchi A.Q.ning foydasiga 4,8 mln so‘mdan undirish uchun ularning yashash manziliga borgan.
Qaror ijrosini ta’minlash maqsadida qarzdorlardan birida “Nexia-2” borligi aniqlangan. Mazkur mashinani xatlash jarayonida qarzdorning mast holatda bo‘lgan 61 yoshli otasi MIB xodimlariga qarshilik ko‘rsatgan. Ularni uyatli so‘zlar bilan haqorat qilgan. Xodimlarga oyoq va qo‘llari bilan zarba berib, tan jarohati yetkazgan.
Qayd etilishicha, 2022 yil 9 dekabr kuni tuman prokuraturasi tomonidan fuqaro A.E.ga nisbatan Jinoyat kodeksining 219-moddasi (hokimiyat vakiliga yoki fuqaroviy burchini bajarayotgan shaxsga qarshilik ko‘rsatish) 2-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan. U Jinoyat protsessual kodeksning 221-moddasi tartibida ushlangan.
Mavzuga oid
18:42 / 05.06.2026
Navoiyda alimentdan qarzdor ota tandir ichidan topildi
10:33 / 25.05.2026
Qashqadaryoda ikkita Nexia va yuk mashina ishtirokida YTH sodir bo‘ldi
14:14 / 23.03.2026
Sirdaryoda 2 nafar MIB xodimi pora bilan qo‘lga olindi
18:07 / 07.03.2026