Andijon yo‘lsozlari o‘ylab topgan “innovatsiya” sabab asakalik aholi qiynalmoqda
Asaka tumani Markaziy dehqon bozoriga olib boruvchi yo‘lning 50 metr qismi bir necha yillardan beri asfalt qilinmasdan kelayotgan edi. Aholi murojaatlaridan keyin bu joy qo‘l uchida asfalt qilindi. Yotqizilgan asfaltning torligidan, unga ikkita yengil mashina ham sig‘maydi.
Bu yo‘ldan kuniga minglab odamlar bozorlik qilish uchun yayov yoki ulovlarida o‘tadi. Lekin ikki tomondan kelayotgan avtomobillardan biri asfaltdan pastga tushib olishiga to‘g‘ri keladi. Bu esa yo‘lchilarning o‘ziga xos “innovatsiyasi” bo‘lsa kerak.
Yo‘lning bu 50 metrlik qismi juda ensiz qilib asfalt qilingan. Lekin yo‘lning bu uchastkasidan har ikkala tomonga qarab yursangiz, chala joydan o‘tib bo‘lgach, to‘liq chetlarigacha asfalt qilingan yo‘lga duch kelasiz. Bu aholi murojaatlariga “mana senga” degan qabilida ish qilinganga o‘xshaydi.
Bundan tashqari, yo‘lning ana shu chala qismida ikkita katta chuqur ham bor. Chuqur bozorlik uchun kelganlarga noqulaylik tug‘diradi.
“Mashina bilan bozor oldiga borgani yuragimiz betlamaydi. Juda sekin harakat va uzun tirbandlik. Shu yo‘lni to‘g‘rilab, haydovchilarga qulaylik yaratishsa, yaxshi bo‘lardi. Bu yerdan kuniga mingdan ortiq avtomobil harakat qilsa kerak”, – deydi yo‘lovchilardan biri.
Haqiqatda ham tasvirga olish jarayonida aholining noqulayliklarga uchrayotganiga guvoh bo‘ldik. O‘ylaymizki, mutasaddilar bu “innovatsiya”ning qolib ketgan qismini to‘g‘rilab qo‘yishadi. Tegishli organlar chala asfalt qilingan joyga sarflangan mablag‘lar bilan qiziqib ko‘rsa ham yaxshi bo‘lar edi.
Abduvali Qurbonov,
Kun.uz muxbiri.
Tasvirchi – Jahongir Turg‘unov.
Mavzuga oid
16:13 / 20.12.2024
Yigirmaga yaqin bolani 1,5 ming km masofaga tashiyotgan uchta Damas ushlandi
16:54 / 19.12.2024
Andijonda Suriyadagi terrorchi guruhlarga pul yuborgan fuqaro 10 yildan ortiq muddatga qamaldi
15:16 / 18.12.2024
Andijonda er-xotin is gazidan zaharlanib, vafot etdi
10:49 / 15.12.2024