Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
AQSh Germaniyada Ukraina harbiylarini tayyorlash dasturini kengaytiradi
AQSh Mudofaa vazirligi amerikalik instruktorlar tomonidan ukrainalik harbiy xizmatchilarni o‘qitish dasturi kengaytirilishini e’lon qildi.
Ukraina Qurolli kuchlari askarlari va ofitserlari nafaqat AQSh Ukraina tomoniga taqdim etayotgan maxsus qurollardan foydalanishni o‘rganadilar, balki qo‘shma taktik mashg‘ulotlarda ham qatnashadilar, dedi Pentagon matbuot kotibi, brigada generali Patrik Rayder jurnalistlarga.
Unga ko‘ra, yanvar oyida Germaniyada joylashtirilishi va ish boshlashi kutilayotgan kurslarda har oy 500 ga yaqin ukrainalik askarlar qatnashadi.
Bundan oldin Qo‘shma Shtatlar Ukrainaga boshqarilmaydigan aviatsiya qurollarini Rossiya harbiy pozitsiyalariga yuqori aniqlik bilan zarba bera oladigan «aqlli bomba»ga aylantirishi mumkin bo‘lgan ilg‘or elektron uskunalar jo‘natmoqchi ekani ma’lum qilingandi.
Bu haqda AQShning yuqori martabali rasmiylariga tayanib, The Washington Post (WP) xabar berdi.
To‘plamlar orasida turli xil qurollarga o‘rnatilishi mumkin bo‘lgan GPS texnologiyasi asosidagi qurilma mavjud. Nashr suhbatdoshlari Ukraina tomoni bunday to‘plamlar bilan aviatsiya yoki yerdagi qurollarni jihozlashi borasida aniq holatni ochiqlamagan.
Mavzuga oid
15:51
Rossiya ichkarisiga dron hujumlari bilan Ukraina nimaga erishyapti?
10:30
Boliviya va AQSh 18 yillik tanaffusdan so‘ng narkotrafikka qarshi hamkorlikni tikladi
09:45
Braziliya sobiq prezidentining o‘g‘li qamoq jazosiga hukm qilindi
09:16