Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Dam olish kunlari biroz iliq ob-havo kuzatiladi
Dekabr oyi boshida havo haroratini belgilagan sovuq antitsiklon mamlakatni tark etdi. Hududga iliq havo massalari kirib keldi, havo harorati keskin ko‘tarildi, qor butunlay erib ketdi.
“O‘zgidromet” xabariga ko‘ra, bugun ushbu holat saqlanib turadi, O‘zbekiston bo‘yicha quyoshli va iliq ob-havo bo‘lishi kutilmoqda. Toshkent viloyatida ba’zi joylarda shamol 15-20 m/s gacha kuchayadi. Kunduzi havo 9-14 daraja iliqqacha, ba’zi joylarda 16-18 daraja iliqqacha ko‘tariladi, bu o‘rtacha ko‘p yillik qiymatlardan 4-5 darajaga yuqoridir.
Dam olish kunlari O‘zbekiston bo‘yicha yog‘ingarchilik kutilmaydi, ammo harorat foni biroz pasayadi. Havo harorati kechalari 3 daraja sovuq-2 daraja iliqni, kunduzi shanba kuni 7-12 daraja iliqni, yakshanba kuni 5-10 daraja iliqni tashkil etadi va ushbu kunlarning me’yoriy qiymatlariga yaqin bo‘ladi.
Respublika bo‘yicha ba’zi joylarga tuman tushishi kutilmoqda.