O‘zbekiston | 11:45 / 17.12.2022
7361
1 daqiqa o‘qiladi

Ayrim kasalliklari bor bolalar uchun bog‘cha puli to‘lanmaydi

Ayrim kasalliklari mavjud bolalar uchun bog‘cha puli to‘lanmaydi. Bu haqda “Huquqiy axborot” kanali yozmoqda.

Foto: Kun.uz

Qayd etilishicha, ushbu kasalliklar quyidagilar: 

  • nutqidagi og‘ir nuqsonlar (rinolaliya, duduqlanish, bolalar afaziyasi, ruhiy-nutqiy rivojlanishda orqada qolish); 
  • eshitishdagi og‘ir nuqsonlar (II — IV darajadagi karlik); 
  • ko‘rishdagi og‘ir nuqsonlar (ko‘zi ojizlar, bir ko‘zi soqqasi yo‘qligi (anoftalm), ambliopiya va g‘ilay bo‘lgan zaif ko‘radiganlar); 
  • tayanch-harakatlanishidagi nuqsonlar; 
  • psixik rivojlanishda orqada qolish (aqliy orqada qolish (aqliy faoliyati orqada qolishi va aqliy zaiflik yengil darajasi); 
  • murakkab nuqsonlar (rivojlanishda ikki va undan ortiq nuqsonlar mavjudligi); 
  • sil kasalligi ilk ko‘rinishi (sil kasalligi bilan kasallangan bemor bilan bir oiladan (xo‘jalikdan) bo‘lib aloqada bo‘lganlar, tubviraj), sil kasalligidan keyingi tiklash davri.

Mavzuga oid