ISW: Putin Minskka tashrifi chog‘ida Lukashenkoga bosim o‘tkazmoqchi
ISW ekspertlarining fikricha, Rossiya prezidenti Belarus rahbaridan integratsiya bo‘yicha yon berishni, shuningdek, Ukrainaga qarshi yangi hujum uchun sharoit yaratishini kutmoqda.
Rossiya prezidenti Vladimir Putin Minskka bo‘lajak tashrifi chog‘ida Belarus rahbari Aleksandr Lukashenkoga ikki davlat integratsiyasi bo‘yicha imtiyozlarga erishish uchun bosim o‘tkazish niyatida. Bunday fikrni 16 dekabr, juma kungi xulosasida Amerika urushni o‘rganish instituti (ISW) tahlilchilari bildirishdi.
Qayd etilishicha, Kreml Belarus ustidan Rossiya nazoratini o‘rnatish uchun Ittifoq davlatidan foydalanishga intilmoqda. ISW ma’lumotlariga ko‘ra, Lukashenko o‘nlab yillar davomida qilganidek, Putinning talablarini rad etish uchun allaqachon axborot maydonida sharoitlarni yaratishga kirishgan.
Minskka tashrif Putin 2023 yil qishida Ukrainada - ehtimol mamlakat shimolida yoki Kiyevda yangi hujum uchun sharoit yaratishga urinayotganidan dalolat berishi mumkin, deb yozadi ekspertlar. Hozirda ISW Rossiyaning Ukrainaga Belarusdan bostirib kirishi xavfini past, ammo yuz berishi mumkin deb baholamoqda.
Biroq Putin va Lukashenko o‘rtasidagi uchrashuv hech bo‘lmaganda «Ukrainaning irodasini va G‘arbning Ukrainani qo‘llab-quvvatlashga tayyorligini sindirishga qaratilgan alohida Rossiya axborot operatsiyasiga yordam beradi», deyiladi xabarda. «Ushbu uchrashuv ukrainaliklar va g‘arbliklarni Rossiya Ukrainaga Belarusdan hujum qilishi mumkinligiga ishontirishga qaratilgan Rossiyaning axborot operatsiyasini kuchaytiradi», deb ta’kidlaydi ISW.
Vladimir Putin 19 dekabr kuni Minskka amaliy tashrif bilan boradi va u yerda Aleksandr Lukashenko bilan muzokaralar o‘tkazadi. Bu Putinning Belarusga uch yildan ortiq vaqtdan beri – 2019 yil iyunidan beri birinchi tashrifi.
«Muzokaralar chog‘ida Rossiya-Belarus strategik sheriklik va ittifoqchilik munosabatlarini yanada rivojlantirishning asosiy masalalarini, shuningdek, Ittifoq davlati doirasida integratsiyaviy hamkorlikka e’tibor qaratish, shuningdek, xalqaro va mintaqaviy kun tartibining dolzarb masalalarini muhokama qilish rejalashtirilgan», - deb xabar berdi Kreml matbuot xizmati.
Lukashenko, o‘z navbatida, Putin bilan uchrashuvda harbiy-siyosiy masalalar ham muhokama qilinishini aytdi. «Biz nafaqat harbiy-sanoat kompleksi masalasini chetlab o‘tmaymiz, balki mudofaa qobiliyati va xavfsizligi haqida ham gaplashamiz. Lekin asosiysi - iqtisodiyot», - dedi u Belarus-Rossiya hamkorligi bo‘yicha yig‘ilishda. Bu haqda BelTA davlat agentligi xabar berdi.
Mavzuga oid
01:38
Lukashenko 21 nafar sobiq kuchishlatar tizimlar vakillarini unvonidan mahrum qildi
17:29 / 18.11.2024
Bloomberg: Erdo‘g‘an Rossiya-Ukraina urushini muzlatib qo‘yish rejasini tayyorladi
14:30 / 18.11.2024
Peskov: Putin va Tramp o‘rtasidagi suhbat bo‘yicha hozircha tayyorgarlik yo‘q
13:15 / 18.11.2024