O‘zbekiston | 12:01 / 17.12.2022
45573
3 daqiqa o‘qiladi

Qahramon Sariyev prezident maslahatchisining o‘rinbosari bo‘ldi

O‘zbekiston prezidenti farmoni bilan yangi lavozim tayinlovlari amalga oshirildi. Bu haqda davlat rahbari matbuot kotibi xabar berdi.

Qahramon Sariyev / Foto: Kun.uz

Qahramon Sariyev prezidentning davlat xizmati, aholi bilan muloqot va mahalliy hokimiyat organlari faoliyatini muvofiqlashtirish masalalari bo‘yicha maslahatchisi birinchi o‘rinbosari lavozimiga tayinlandi.

U bungacha Qoraqalpog‘iston Vazirlar Kengashi raisi edi.

Qahramon Quronboyev prezidentning davlat xizmati, aholi bilan muloqot va mahalliy hokimiyat organlari faoliyatini muvofiqlashtirish masalalari bo‘yicha maslahatchisi birinchi o‘rinbosari lavozimiga tayinlandi.

Shu munosabat bilan u prezidentning davlat xizmati va hokimiyat vakillik organlari bilan hamkorlik qilish masalalari bo‘yicha maslahatchisi birinchi o‘rinbosari lavozimidan ozod etildi (bu lavozim tugatilgan).

Qahramon Quronboyev / Foto: Xalqaro press-klub

Umar Ismoilov prezidentning davlat xizmati, aholi bilan muloqot va mahalliy hokimiyat organlari faoliyatini muvofiqlashtirish masalalari bo‘yicha maslahatchisi o‘rinbosari lavozimiga tayinlandi.

Shu munosabat bilan u prezidentning davlat xizmati va hokimiyat vakillik organlari bilan hamkorlik qilish masalalari bo‘yicha maslahatchisi o‘rinbosari lavozimidan ozod etildi (bu lavozim tugatilgan).

Ulug‘bek Muhammadiyev davlat xizmati, aholi bilan muloqot va mahalliy hokimiyat organlari faoliyatini muvofiqlashtirish masalalari bo‘yicha maslahatchisi o‘rinbosari lavozimiga tayinlandi.

U prezidentning fuqarolar huquqlarini himoya qilish va murojaatlar bilan ishlash masalalari bo‘yicha maslahatchisi birinchi o‘rinbosari lavozimidan ozod etildi.

Shu tariqa, prezidentning davlat xizmati va aholi bilan muloqot yo‘nalishlaridagi ikki maslahatchisi lavozimi birlashtirilib, yangi lavozim – prezidentning davlat xizmati, aholi bilan muloqot va mahalliy hokimiyat organlari faoliyatini muvofiqlashtirish masalalari bo‘yicha maslahatchisi lavozimi joriy etildi. Bu yangi lavozimga o‘tgan oyda Sirdaryo viloyatining sobiq hokimi G‘ofurjon Mirzayev tayinlangan edi.

Endilikda Qahramon Quronboyev va Qahramon Sariyev Mirzayevning birinchi o‘rinbosarlari, Umar Ismoilov va Ulug‘bek Muhammadiyev esa o‘rinbosarlari bo‘ldi.

Mavzuga oid