10:26 / 17.12.2022
11162

Ukraina xalqi va Zelenskiy Buyuk Karl mukofoti bilan taqdirlandi

Zelenskiy va butun Ukraina Yevropa va Yevropa qadriyatlarini himoya qilyapti, deb ta’kidladi nufuzli Buyuk Karl nomidagi mukofot kengashi.

Foto: karlspreis.de

Ukraina prezidenti Volodimir Zelenskiy va ukrain xalqi 2023 yil uchun nufuzli Buyuk Karl xalqaro mukofoti laureati bo‘ldi. Mukofot qo‘mitasi o‘z qarorini 16 dekabr, juma kuni e’lon qildi. Mukofot 1950 yildan beri Germaniyaning Axen shahrida Yevropani birlashtirishga qo‘shgan ulkan hissasi uchun topshirilib kelinadi.

Qaror matnida «Ukraina xalqi prezident Volodimir Zelenskiy boshchiligida nafaqat o‘z mamlakati suvereniteti va fuqarolari hayotini, balki Yevropa va Yevropa qadriyatlarini ham himoya qilayotgani» ta’kidlangan.

«Ushbu himoya urushida Volodimir Zelenskiy nafaqat o‘z xalqining prezidenti va Ukraina armiyasining bosh qo‘mondoni, balki Ukraina va katta guruh tarafdorlari o‘rtasidagi turtki, aloqachi, vosita va bog‘lovchi hamdir», — deya ta’kidladi mukofot hay’ati.

Buyuk Karl mukofoti 1950 yildan beri Yevropani birlashtirishga qo‘shgan hissasi uchun beriladi. Uinston Cherchill va Konrad Adenauer uning birinchi laureatlari bo‘lgan. Yillar davomida uni taniqli siyosatchilar va jamoat arboblari oldi: Vatslav Gavel, Angela Merkel, Emmanuel Makron, Rim papasi Fransisk va boshqalar.

2022 yil uchun mukofot Svetlana Tixanovskaya, Mariya Kolesnikova va Veronika Tsepkaloga «diktatura, qatag‘on va noqonuniy davlatga qarshi kurashning noyob namunasi» uchun berildi.

Mavzu
Rossiya-Ukraina urushi
2022 yil 22 fevral kuni Rossiya Ukraina chegarasidan o‘tib, qo‘shni mamlakatga bostirib kirdi. Ukraina armiyasi jang taklif qildi.
Barchasi
Top