Jamiyat | 17:05 / 18.12.2022
12610
1 daqiqa o‘qiladi

Qozog‘iston madaniyat vaziri O‘zbekistonga kelmoqda

19 dekabr kuni Qozog‘iston madaniyat va sport vaziri Dauren Abayev Toshkentga tashrif buyuradi. Tashrif doirasida Tasviriy san’at milliy galereyasida «Abay. Qardosh xalqlar merosi» ko‘rgazmasining ochilish marosimi bo‘lib o‘tadi. 

Turizm va madaniy meros vazirligi matbuot xizmati xabar berishicha, tadbirda O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazir o‘rinbosari - Turizm va madaniy meros vaziri Aziz Abduhakimov hamda Dauren Abayev ishtirok etadi.

Shuningdek, Qozog‘iston elchixonasida adib haykali poyiga gul qo‘yish marosimi o‘tkaziladi.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid