Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Inchhon va Farg‘ona o‘rtasida to‘g‘ridan to‘g‘ri aviaqatnovlar yo‘lga qo‘yiladi
O‘zbekiston elchixonasi tomonidan Koreya-O‘zbekiston ishbilarmonlar assotsiatsiyasi bilan birgalikda Inchhon shahri vitse-meri Li Xen Suk boshchiligidagi delegatsiya O‘zbekistonga tashrifi tashkil qilinyapti, deb xabar berdi «Dunyo».
Tashrif davomida Inchhon shahri ma’muriyati vakillari Farg‘ona viloyati hokimligi bilan do‘stona munosabatlar to‘g‘risida shartnoma imzolashni rejalashtirmoqda. Unda o‘zaro hamkorlikni kengaytirish bo‘yicha turli jihatlar, Inchhon shahri va Farg‘ona viloyati o‘rtasida to‘g‘ridan to‘g‘ri aviaqatnovlarni yo‘lga qo‘yish ham nazarda tutilgan.
Janubiy Koreya delegatsiyasi mamlakatlar o‘rtasida diplomatiya munosabatlari o‘rnatilgani 30 yilligi munosabati bilan Eurasia Networks Group kompaniyasi ko‘magida O‘zbekistonda istiqomat qilayotgan koreys diasporasi 85 yilligi munosabati bilan tashkil etiladigan Koreya estrada orkestri O‘zbekistondagi konsertida qatnashadi.
Mavzuga oid
18:11 / 12.06.2026
Uzbekistan Airways yonilg‘i tanqisligi tufayli O‘zbekistondan Rossiyaga ayrim parvozlarni qisqartiradi
08:32 / 03.06.2026
Hongkongdan O‘zbekistonga yangi havo yo‘nalishi ochilishi mumkin
20:26 / 29.05.2026
Xitoyning Spring Airlines aviakompaniyasi O‘zbekistonga parvozlarni yo‘lga qo‘yishi mumkin
07:00 / 24.05.2026