Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Qashqadaryoda 23 yoshli homilador ayolning o‘limi yuzasidan ma’lumot berildi
Holat bo‘yicha Kasbi tumani prokuraturasi tomonidan tergovga qadar tekshiruv harakati olib borilmoqda.
Ijtimoiy tarmoqlarda Kasbi tumanida 23 yoshli ayol o‘z joniga qasd qilgani haqida xabarlar tarqaldi. Holat yuzasidan Qashqadaryo viloyati prokuraturasi munosabat bildirdi.
Ma’lum qilinishicha, 2022 yil 18 dekabr kuni Kasbi tumani tibbiyot birlashmasi tomonidan tuman IIBga «Maymanoq» MFYda yashagan, 1999 yilda tug‘ilgan ayol bo‘yin sohasidan strangulyatsion egat shilinmasi ko‘rinishidagi jarohati bilan vafot etgani haqida xabar berilgan.
Hozirda marhumaning o‘lim sababiga aniqlik kiritish maqsadida tegishli ekspertizalar tayinlangan. Holat bo‘yicha Kasbi tumani prokuraturasi tomonidan tergovga qadar tekshiruv harakati olib borilmoqda.
Tekshiruvning borishi viloyat prokuraturasi tomonidan nazoratga olingan. Ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan xabarlarda ayolning homilador ekani va eri xorijga ishlash uchun ketgani aytilgan.
Mavzuga oid
17:18 / 08.06.2026
Qashqadaryodagi portlashda 6 kishi halok bo‘lgan
15:27 / 08.06.2026
Qashqadaryoda gaz quyish shoxobchasida portlash ro‘y berdi
10:33 / 25.05.2026
Qashqadaryoda ikkita Nexia va yuk mashina ishtirokida YTH sodir bo‘ldi
15:09 / 24.05.2026