Jahon | 22:18 / 19.12.2022
10615
2 daqiqa o‘qiladi

YeI Rossiya gazi narxining yuqori chegarasini kelishib oldi 

Yevropa Ittifoqi mamlakatlari Rossiya gazi narxining yuqori chegarasini 180 yevro (1 MVt·s) miqdorida belgilashni kelishib olishdi. 

Foto: Getty Images

Yuqori chegara 15 fevraldan boshlab, gaz narxi 180 yevroga yetgan taqdirda joriy etiladi. Hujjatga ko‘ra, dastlab gaz narxining yuqori chegarasi birjadan tashqari operatsiyalarga tatbiq etilmaydi. 

15 dekabr kuni Yevropa Ittifoqi sammitida gaz narxining yuqori chegarasi bo‘yicha kelishuvga erishilmagan edi. Unda 275 yevro narx taklif etildi, biroq Yevropa Ittifoqida raislik qilayotgan Chexiya hukumati uni 188 yevroga tushirishni taklif qildi. 19 dekabr kuni o‘tkazilgan yig‘ilishda gaz narxining yuqori chegarasi 180 yevro miqdorida bo‘lishi kelishib olindi. 

Yevropa Komissiyasi rejasiga ko‘ra, agar Amsterdam fond birjasida gaz narxi kamida ikki hafta davomida 1 MVt·soat uchun 275 yevrodan (1000 kub metr uchun taxminan 3000 dollar) oshsa, cheklov kuchga kiradi. Suyultirilgan tabiiy gaz narxi bilan farq kamida o‘n kun davomida 58 yevrodan oshishi kerak. 

Avvalroq, Yevropa Ittifoqi Rossiya nefti narxining yuqori chegarasi 1 barrel uchun 60 dollar miqdorida bo‘lishini kelishib olgan edi.

Mavzuga oid