Trampga qarshi to‘rtta jinoiy ish qo‘zg‘atish tavsiya etildi
AQSh Kongressi sobiq prezident Donald Tramp jinoiy javobgarlikka tortilishi kerak, deb hisoblamoqda.
Demokratlar boshchiligidagi qo‘mita Adliya vazirligi Trampga qarshi jinoiy ish qo‘zg‘atishini bir ovozdan yoqladi.
Tramp tarafdorlari 2021 yil 6 yanvar kuni Kongressga bostirib kirib, Jo Baydenning prezidentlik sertifikatsiyasiga to‘sqinlik qilgan edi. Kapitoliy binosi yaqinida norozilik namoyishi sifatida boshlangan voqea qurolli to‘qnashuv va binoning egallab olinishiga aylandi. Prezident saylovi natijalarini bekor qilishni va g‘alabani Trampga berishni talab qilgan namoyishchilar Kapitoliy qo‘riqlash xizmatini yorib o‘tib, binoga bostirib kirishdi. To‘polon paytida besh kishi halok bo‘ldi. Kapitoliydagi tartibsizliklarda 900 dan ortiq odam ayblangan.
Tramp barcha ayblovlarni rad etmoqda va komissiyani «kenguru sudi» deb atadi (inglizcha idioma adolatsiz sud, kenguru kabi sakrab o‘tadigan tez jarayon degan ma’noni anglatadi).
AQSh tarixida sobiq prezidentlarning hech biriga jinoyat bo‘yicha ayblov e’lon qilinmagan.
Tartibsizliklar taxminan 18 oy davomida tergov qilingandan so‘ng, Vakillar Palatasining maxsus qo‘mitasi dushanba kungi yig‘ilishida Trampga nisbatan to‘rtta ayblov qo‘yishni tavsiya qildi:
- Qo‘zg‘olonga undash, isyonchilarga yordam yoki tasalli berish;
- Rasmiy surishtiruvga to‘sqinlik qilish;
- Qo‘shma Shtatlarni aldash uchun fitna uyushtirish;
- Yolg‘on bayonot uchun fitna uyushtirish.
Adliya vazirligi prokurorlari Trampga jinoyat ishi qo‘zg‘atish masalasini o‘rganib chiqmoqda, ammo Kongress qo‘mitasi tavsiyasiga amal qilishi shart emas.
Komissiyaning harakatlari asosan ramziy ma’noga ega bo‘lsa-da, rais taklif etilayotgan ayblovlarni «adolat sari yo‘l xaritasi» deb baholadi.
Mavzuga oid
22:10 / 23.12.2024
AQSh Xitoyning eski chiplariga nisbatan tergov boshladi
19:00 / 23.12.2024
Tramp: AQSh hukumati rasman faqat ikkita jinsni - erkak va ayolni tan oladi
18:12 / 23.12.2024
Bayden o‘limga hukm etilgan 37 nafar mahbusning jazosini yengillashtirdi
17:17 / 23.12.2024