Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Sud ekspertlari faoliyatini baholab borish yo‘lga qo‘yiladi
“Sud-ekspertlik faoliyatini tartibga soluvchi ayrim normativ-huquqiy hujjatlarni tasdiqlash to‘g‘risida”gi hukumat qarori qabul qilindi.
Sud ekspertlari faoliyatini reyting tizimida baholab borish to‘g‘risidagi namunaviy nizom tasdiqlandi. Mazkur nizom quyidagilarni belgilaydi:
sud ekspertlarini reyting tizimida baholash va baholash mezonlari;
reyting natijalari bo‘yicha sud ekspertlarini rag‘batlantirish, rag‘batlantirishni kamaytirish yoki bekor qilish yoki intizomiy jazo qo‘llash;
reyting ko‘rsatkichlari yuqori sud ekspertlari ishini ommalashtirish.
Qaror bilan Adliya vazirligi huzuridagi Sud ekspertlik faoliyatini rivojlantirishni qo‘llab-quvvatlash jamg‘armasi faoliyatiga oid nizom tasdiqlandi.
Davlat sud-ekspertiza muassasalariga ular budjetdan tashqari jamg‘armalaridan 50 foizgacha qismini xodimlarni ijtimoiy himoya qilish va moddiy rag‘batlantirish uchun sarflashga ruxsat beriladi.
Mavzuga oid
08:56 / 28.05.2026
Ehtiyot choralarini bekor qilish vakolati faqat sudga o‘tkazilishi mumkin
19:43 / 18.05.2026
3 kishini piyodalar yo‘lagida urib yuborib, ochiqda qolgan ayol qo‘shmachilik ustida ushlandi
13:12 / 18.05.2026
“Drujba”da yongan Zeekr voqeasi: sud avtomobil egasi foydasiga 450 mln so‘m undirishni belgiladi
12:00 / 15.05.2026