Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Xarkiv viloyatida 500 nafar ukrainalik fuqaroning jasadi topildi
Ukraina mudofaa vaziri Oleksiy Reznikov Xerson viloyatining ozod qilingan hududida yangi ommaviy qabr topilganini ma’lum qildi.
Uning so‘zlariga ko‘ra, 30 noyabr kuni Pravdino qishlog‘ida dafn etilgan 7 nafar fuqaro, jumladan, o‘smir qiz jasadi topilgan. Rossiya qo‘shinlari tinch aholiga nisbatan zo‘ravonlikni taqiqlovchi 4-Jyeneva konvensiyasini buzmoqda, deb yozdi Reznikov Twitter’da.
Bundan tashqari, u Xarkiv viloyatining bosib olingan hududida halok bo‘lganlarni qidirish ishlari davom ettirilishini ma’lum qildi. Ayni paytda u yerda 500 dan ortiq tinch aholi, jumladan, bolalar jasadi topilgan, dedi Ukraina Mudofaa vazirligi rahbari.
Avvalroq Rossiya qo‘shinlarining Ukrainaga keng ko‘lamli bostirib kirishi boshlanganidan beri 447 nafar bola halok bo‘lgani xabar berilgandi. Bunday ma’lumotlar Ukraina Bosh prokuraturasi ofisi (BPO) tomonidan yuvenal prokurorlarning rasmiy ma’lumotlariga tayangan holda taqdim etilgan.
Ularning ma’lumotlariga ko‘ra, Rossiya tajovuzi natijasida 856 nafardan ortiq ukrainalik bolalar turli og‘irlik darajasidagi tan jarohati olgan. Umuman olganda, kamida 1303 nafar bola jabr ko‘rgan.
Bolalarning aksariyati Donetsk (426), Xarkiv (267) va Kiyev (117) viloyatlarida jabrlangan.
Mavzuga oid
16:28 / 14.03.2026
Rossiyaning Xarkiv viloyatiga zarbasi oqibatida uch kishi halok bo‘ldi
12:25 / 08.03.2026
Ukrainaga yana yopirilma zarba berildi: Xarkivda 11 kishi halok bo‘lgan
08:44 / 11.02.2026
Xarkiv viloyatiga zarba: 4 kishi halok bo‘ldi
09:00 / 03.02.2026