O‘zbekiston | 09:24 / 23.12.2022
2765
1 daqiqa o‘qiladi

Chet elliklarga farzandini maktabga onlayn joylash imkoni yaratildi

Endi chet el fuqarolari ham farzandlarini maktabga onlayn joylashi mumkin.

Foto: Kun.uz

Yagona portal xabariga ko‘ra, my.gov.uz'da ishga tushgan yangi qulaylik tufayli O‘zbekiston hududida doimiy yoki vaqtincha yashayotgan chet el fuqarolari ham farzandlarini maktabga joylashtirish uchun masofadan ariza bera oladi.

Ushbu xizmatdan foydalanish uchun chet el fuqarolaridan quyidagilar talab qilinadi:

  • o‘zi va farzandiga JShShIR olish;
  • bolaning fan baholari qo‘yiladigan hujjati va uning o‘zbek tilidagi tarjimasi;
  • bolaning sog‘ligi to‘g‘risida ma’lumotnoma.

Agar arizani bolaning ota-onasi o‘rniga qonuniy vakil topshirsa, buni tasdiqlovchi hujjat ham ilova qilinadi.

Mavzuga oid