Yagona portal xabariga köra, my.gov.uz'da işga tuşgan yangi qulaylik tufayli Özbekiston hududida doimiy yoki vaqtinça yaşayotgan çet el fuqarolari ham farzandlarini maktabga joylaştiriş uçun masofadan ariza bera oladi.

Uşbu xizmatdan foydalaniş uçun çet el fuqarolaridan quyidagilar talab qilinadi:

  • özi va farzandiga JŞŞIR oliş;
  • bolaning fan baholari qöyiladigan hujjati va uning özbek tilidagi tarjimasi;
  • bolaning soğligi töğrisida ma’lumotnoma.

Agar arizani bolaning ota-onasi örniga qonuniy vakil topşirsa, buni tasdiqlovçi hujjat ham ilova qilinadi.