Jahon | 01:22 / 23.12.2022
10576
1 daqiqa o‘qiladi

Yevropa Ittifoqi gaz narxining vaqtinchalik yuqori chegarasini tasdiqladi

Bu chora fuqarolar va iqtisodiyotni haddan tashqari yuqori narxlardan himoya qilish uchun joriy qilinmoqda.

Foto: Reuters

Yevropa Ittifoqi gaz narxining yuqori dinamik chegarasini megavatt-soatiga 180 yevro (1 ming kub metr uchun taxminan 1,85 ming yevro) darajasida tasdiqladi. YeI Kengashi veb-saytiga ko‘ra, ushbu chora 2023 yil 15 fevraldan kuchga kiradi.

«Kengash fuqarolar va iqtisodiyotni haddan tashqari yuqori narxlardan himoya qilish uchun bozorni moslashtirish mexanizmini o‘rnatish to‘g‘risidagi qarorni rasman qabul qildi», deyiladi bayonotda.

Qaror 1 yil davomida amal qiladi.

Сардор Юсупов
Tayyorlagan Сардор Юсупов
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid