Jahon | 19:07 / 24.12.2022
10686
2 daqiqa o‘qiladi

Rossiyada migrantlarga davlat idoralarida ishlashga ruxsat berildi

Bu vaqtinchalik chora bo‘lib, 2024 yil yozigacha amal qiladi.

Foto: TASS

Ikki fuqaroligi bo‘lgan shaxslarga Rossiyaning davlat va munitsipal muassasalarida ishlashga ruxsat beruvchi qonun Federatsiya Kengashi tomonidan ma’qullandi.

Yangi qonunga ko‘ra, chet el fuqarolari va ikkinchi fuqaroligi o‘ziga bog‘liq bo‘lmagan sabablarga ko‘ra bekor qilinmagan har qanday Rossiya fuqarosi davlat xizmatchisi bo‘lishi mumkin.

«Senatorlar chet el fuqarolarini, shuningdek, bir vaqtning o‘zida chet el fuqaroligiga ega bo‘lgan Rossiya Federatsiyasi fuqarolarini davlat yoki munitsipal xizmatga qabul qilish masalalarini tartibga solish bo‘yicha «Rossiya Federatsiyasining ayrim qonun hujjatlariga o‘zgartishlar kiritish to‘g‘risida»gi Federal qonunni ma’qulladilar», deyiladi Kengash veb-saytida.

Aniqlik kiritilishicha, davlat va munitsipal xizmatchilar, xorijiy davlat fuqaroligiga ega bo‘lgan mansabdor shaxslar va xizmatchilar 2024 yil 30 iyungacha xizmat qilishi yoki ish joyini egallashi mumkin.

Agar ushbu sanadan keyin 5 ish kuni ichida chet el fuqaroligi tugatilganligini tasdiqlovchi hujjatlar taqdim etilmasa, ular bir tomonlama tartibda egallab turgan lavozimidan ozod etiladi.

Сардор Юсупов
Tayyorlagan Сардор Юсупов
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid