Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
«Tolibon» ayollarga nodavlat tashkilotlarida ishlashni taqiqladi
Barcha nodavlat tashkilotlariga ayollar mehnatini to‘xtatish buyurildi.
«Tolibon» vakillaridan iborat Afg‘oniston hukumati barcha milliy va xalqaro nodavlat tashkilotlariga ayollarni ishdan bo‘shatish haqida ko‘rsatma berdi. Bunga kiyinish bilan bog‘liq «jiddiy shikoyatlar» sabab bo‘lgani aytilmoqda.
«Kiyinish qoidalariga, shuningdek, ayollarning milliy va xalqaro tashkilotlarda ishlashiga oid boshqa me’yor va qoidalarga rioya qilmaslik yuzasidan jiddiy shikoyatlar kelib tushdi», deyiladi barcha nodavlat notijorat tashkilotlariga yuborilgan xabarnomada.
«Iqtisodiyot vazirligi barcha tashkilotlarga ayollarning mehnatini to‘xtatishni buyuradi», deyiladi hujjatda.
Afg‘onistondagi ayollar bosqichma-bosqich turli huquqlardan mahrum qilinmoqda. O‘tgan yili «Tolibon» qizlarning o‘rta maktablarda o‘qishini taqiqlagan edi. Bir hafta oldin barcha ayollarga universitetlarda ta’lim olish ham taqiqlandi.
Noyabr oyida Kobuldagi ayollarga shahar parklariga, basseyn va sport zallariga kirish taqiqlab qo‘yildi. Ushbu qoidalar butun mamlakatga tatbiq etilishi kutilmoqda.
Mavzuga oid
09:06 / 03.06.2026
O‘zbekiston Afg‘onistonga qishloq xo‘jaligi urug‘liklarini beg‘araz yetkazib berdi
09:00 / 03.06.2026
“Tolibon” va Rossiya: harbiy yaqinlashuv nimani anglatadi?
21:38 / 27.05.2026
Rossiya va «Tolibon» harbiy-texnik hamkorlik bo‘yicha kelishuvga erishdi
18:25 / 25.05.2026