O‘zbekiston | 16:18 / 26.12.2022
39050
1 daqiqa o‘qiladi

Qashqadaryodagi shifoxonada portlash sodir bo‘ldi

Hodisa oqibatida ikki kishi tan jarohatlari olgan. Shifoxonaning ikkinchi qavati mutlaqo yaroqsiz holga kelgan.

Foto: Nasafnews

Ijtimoiy tarmoqlarda Qarshi shahrida joylashgan salomatlikni tiklash shifoxonasida portlash sodir bo‘lgani haqida xabarlar tarqaldi. Viloyat IIB axborot xizmati holatni tasdiqladi.

Foto: Nasafnews

Ma’lum bo‘lishicha, 2022 yil 24 dekabr kuni tongda Qarshi shahar Ravoq mahallasida joylashgan viloyat SSVga qarashli shifoxonaning ikkinchi qavatidagi xonalardan birida gaz bosimi ortib ketgan va portlash sodir bo‘lgan.

Foto: Nasafnews

Oqibatda, ikki nafar fuqaro tan jarohatlari olib, shifoxonaga yotqizilgan. Shuningdek, binoning ikkinchi qavati mutlaqo yaroqsiz holga kelgan.

Foto: Nasafnews

Hodisa haqida 24 dekabr soat 7:00 larda Qarshi shahar IIO FMB 4-sonli IIB navbatchilik qismiga xabar berilgan.

Foto: Nasafnews

Qayd etilishicha, hodisa yuzasidan Jinoyat kodeksining 259-moddasi 1-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.

Ғайрат Йўлдошев
Tayyorlagan Ғайрат Йўлдошев
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid