Jahon | 18:56 / 27.12.2022
27371
1 daqiqa o‘qiladi

Qozog‘istonda fohishalik qilayotgan o‘zbekistonliklar ushlandi

Qozog‘istonning Turkiston viloyatida politsiya xodimlari tomonidan 26 fohisha qo‘lga olindi.

Foto: polisia.kz

Turkiston viloyati Uyushgan jinoyatchilikka qarshi kurashish boshqarmasi xodimlari Sariog‘osh hududida fohishalik bilan shug‘ullanish va fohishaxona tashkil etish bilan bog‘liq ikkita holatga chek qo‘yishdi. Tezkor-qidiruv tadbirlari davomida saunalar va yotoqxona ma’murlari qo‘lga olindi.

Aniqlanishicha, Qozog‘iston va O‘zbekiston fuqarolaridan iborat besh kishilik jinoiy guruh yengiltabiat qizlarni to‘plab, fohishaxona tashkil qilgan. Bundan tashqari, sauna va yotoqxonada fohishalik bilan shug‘ullanayotgan 26 nafar o‘zbekistonlik ayollar ushlangan.

Hozirda ushbu faktlar bo‘yicha Jinoyat kodeksining «Fohishalik va qo‘shmachilik uchun fohishaxonalar tashkil etish yoki saqlash» moddasi bo‘yicha jinoyat ishi ochilgan va tergov harakatlari olib borilmoqda.

Mavzuga oid