Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Yevropada gaz narxi pasaydi va urushdan oldingi davrga qaytdi
London birjasida 1000 kub metr gaz uchun 850 dollar berilmoqda. Bu 22 fevraldan beri ilk marta yuz berdi.
London ICE birjasida gaz narxi 6,6 foizga tushib ketdi va 1000 kub metr uchun 850 dollardan pasaydi. Bu Rossiyaning Ukrainaga bosqini boshlangan paytdan boshlab eng past qiymat hisoblanadi. So‘nggi marta bunday narx 22 fevral kuni kuzatilgan edi.
27 dekabr kuniga gaz narxi 1000 kub metr uchun 848 dollarni yoki MVt·soat uchun 77 yevroni tashkil qilmoqda.
Avvalroq, Yevropa Ittifoqi uy xo‘jaliklari va korxonalarini gaz narxining oshishidan himoya qilish uchun uning maksimal ayirboshlash narxini MVt·soat uchun 180 yevro, ming kub metr uchun taxminan 2 ming dollar miqdorida belgilashga kelishib olgan edi. Chora 15 fevraldan kuchga kiradi va muayyan shartlar ostida amal qiladi.
Mavzuga oid
08:50 / 26.06.2026
YeI Rossiya harbiylari uchun kirishni taqiqlamoqchi
17:36 / 24.06.2026
Yevropa Ittifoqi O‘zbekistonda migrantlar uchun markaz tashkil etishi mumkin - OAV
10:40 / 18.06.2026
YeI va Kreml o‘rtasida norasmiy aloqalar bo‘lgani xabar qilindi
09:45 / 18.06.2026