Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Qozog‘istonda Nazarboyevga imtiyozlarni beruvchi qonun bekor qilinadi
Qozog‘iston parlamenti yalpi majlisida «Qozog‘iston Respublikasining birinchi prezidenti – Elboshi to‘g‘risida»gi Konstitutsiyaviy qonun o‘z kuchini yo‘qotgan deb tan olish to‘g‘risida yangi qonun loyihasi ko‘rib chiqildi.
Parlamentning Qonunchilik va sud-huquq islohotlari qo‘mitasi raisi Arman Kojaxmetov so‘zlariga ko‘ra, mazkur qonun loyihasi Konstitutsiyaga kiritilgan o‘zgartishlarni amalga oshirish maqsadida ishlab chiqilgan.
«Konstitutsiyaga kiritilgan o‘zgartishlarga muvofiq, Qozog‘istonning birinchi prezidenti maqomi va vakolatini belgilaydigan normani nazarda tutuvchi Konstitutsiyaning 46-moddasi 4-bandi chiqarib tashlandi. Shu munosabat bilan konstitutsiyaviy qonun ham kuchini yo‘qotishi ko‘zda tutilgan. Qonun loyihasini kuchga kiritishni taklif qilaman, uni qo‘llab-quvvatlashingizni so‘rayman», — dedi Kojaxmetov.
Yig‘ilishda qatnashgan 90 nafar deputat ushbu taklifni bir ovozdan ma’qulladi.
«Qozog‘iston Respublikasining birinchi prezidenti – Elboshi to‘g‘risida»gi qonunga ko‘ra, Qozog‘istonning sobiq prezidenti Nursulton Nazarboyev va uning oila a’zolari qator imtiyozlarga ega bo‘lgan. Masalan, qonun Nursulton Nazarboyevga xalqqa murojaat qilish, parlament oldida va hukumat yig‘ilishlarida nutq so‘zlash huquqini berdi. Birinchi prezident qonunga muvofiq daxlsizlik huquqiga ham ega. Uni ushlab turish yoki hibsga olish mumkin emas. Daxlsizlik Nursulton Nazarboyev va uning oila a’zolari egalik qilayotgan mulkka nisbatan ham qo‘llaniladi.
5 iyun kuni Qozog‘istonda Konstitutsiyaga o‘zgartirishlar kiritish bo‘yicha referendum o‘tkazildi. O‘zgartishlardan biri Nazarboyevning maqomi va vakolatlari haqidagi moddaning, shuningdek, unga ketma-ket ikki martadan ortiq davlat rahbari lavozimiga saylanishiga imkon beruvchi bandning olib tashlanishi bo‘ldi. Bundan tashqari, Nazarboyevning millat yetakchisi maqomining o‘zgarmasligi to‘g‘risidagi norma ham chiqarib tashlandi.
Mavzuga oid
17:54
Qozog‘iston Konstitutsiyaviy sudi To‘qayevga yana prezidentlikka nomzodini qo‘yishga ruxsat berdi
17:42 / 06.07.2026
Qozog‘istonning bosh masjidi Nazarboyev sharafiga «Nursulton» nomini oldi
09:10 / 03.07.2026
Qozog‘istonda qiyin ahvolga tushgan fuqarolar O‘zbekistonga qaytarildi
22:06 / 30.06.2026