O‘zbekiston | 09:42 / 28.12.2022
7893
1 daqiqa o‘qiladi

Yil boshidan eng ko‘p kichik tadbirkorlik sub’yektlari savdoda tashkil etilgan

O‘zbekistonda joriy yil yanvar-noyabr oylarida faoliyat boshlagan kichik tadbirkorlik sub’yektlarining umumiy soni (fermer va dehqon xo‘jaliklari bundan mustasno) 83 ming 623 tani tashkil etdi.

Davlat statistika qo‘mitasi ma’lumotiga ko‘ra, savdo sohasida 31 ming 897 ta, sanoat tarmog‘ida 14 ming 948 ta, qishloq, o‘rmon va baliqchilik xo‘jaligi yo‘nalishida 11 ming 321 ta, yashash va ovqatlanish bo‘yicha xizmatlarda 5 ming 394 ta, qurilishda 4 ming 386 ta, tashish va saqlash sohasida 3 ming 108 ta yangi kichik tadbirkorlik sub’yektlari faoliyat boshlagan.

Ro‘yxatni axborot va aloqa (2 ming 410 ta), sog‘liqni saqlash va ijtimoiy xizmatlar ko‘rsatish (1 ming 408 ta) sohalari davom ettirgan.

8 ming 751 ta sub’yekt boshqa tarmoqlar ulushiga to‘g‘ri keladi.

Отабек Матназаров
Tayyorlagan Отабек Матназаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid