Jahon | 18:56 / 29.12.2022
13156
1 daqiqa o‘qiladi

Janubiy Koreyada tunneldagi yong‘in oqibatida olti kishi halok bo‘ldi

Falokat avtobus bilan yuk mashinasining to‘qnashuvi oqibatida kelib chiqqani taxmin qilinmoqda.

Foto: AP

Seuldan 20 kilometr janubda joylashgan Kvachxon shahridagi avtomagistral tunnelida sodir bo‘lgan yong‘in oqibatida jami olti kishi halok bo‘ldi.

Yong‘in mahalliy vaqt bilan 13:49 atrofida boshlangan va avtobus bilan yuk mashinasining to‘qnashuvi oqibatida kelib chiqqani taxmin qilinmoqda.

Foto: AP

Yong‘in oqibatida tarqalgan tutundan 20 dan ortiq kishi zaharlangan va hozirda davolanmoqda.

Voqea joyida 50 ga yaqin o‘t o‘chirish mashinasi va texnikasi, shuningdek, 140 ga yaqin o‘t o‘chiruvchi jo‘natilgan. Mahalliy vaqt bilan 14:40 atrofida yong‘in bartaraf etilgan.

Politsiya va o‘t o‘chirish bo‘limi avariya holati yuzasidan surishtiruv boshlagan.

Сардор Юсупов
Tayyorlagan Сардор Юсупов
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid