Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
O‘zbekistonga import kartoshka asosan Pokistondan olib kelinyapti
Kartoshka importi 22,5 ming tonnaga oshgan.
2022 yilning yanvar-noyabr oylarida O‘zbekiston 16 ta davlatdan qiymati 73,4 mln AQSh dollariga teng bo‘lgan 478,3 ming tonna kartoshka import qilgan.
Davlat statistika qo‘mitasi ma’lumotlariga ko‘ra, kartoshka importi o‘tgan yilning mos davri bilan solishtirilganda 22,5 ming tonnaga oshgan.
2022 yilning 11 oyida O‘zbekiston eng ko‘p kartoshka import qilgan davlatlar orasida Pokiston birinchi o‘rinni egalladi – 259,1 ming tonna.
Ushbu ko‘rsatkich qolgan davlatlar kesimida quyidagicha ko‘rinish oldi:
- Qozog‘iston – 155,1 ming tonna;
- Qirg‘iziston – 30 ming tonna;
- Rossiya – 15 ming tonna;
- Niderlandiya – 6,4 ming tonna;
- Eron – 5,6 ming tonna.
2022 yil yanvar-sentabr oylarida respublikada 2,6 mln tonna kartoshka yetishtirilgan.
Mavzuga oid
01:00 / 21.12.2025
Pokiston sobiq bosh vaziri Imron Xon va uning rafiqasi yana 17 yilga ozodlikdan mahrum qilindi
10:55 / 13.12.2025
Karachida hibsdagi o‘zbekistonlik: elchixona ishni nazoratga oldi
20:41 / 06.12.2025
O‘zbekiston va Pokiston o‘rtasida aviaqatnovlar ko‘paytiriladi
15:31 / 28.11.2025