Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Laziz Qudratov investitsiyalar vazirligining yangi rahbariga aylandi
Jamshid Xo‘jayev vazirlik lavozimini topshirdi, u endi faqat bosh vazir o‘rinbosari hisoblanadi.
Laziz Qudratov
Laziz Shavkatovich Qudratov O‘zbekiston Respublikasi investitsiyalar, sanoat va savdo vaziri lavozimiga tayinlandi.
Laziz Qudratov 1981 yil Toshkent shahrida tug‘ilgan. Toshkent davlat Sharqshunoslik instituti va Yaponiyadagi Hosey universitetini tamomlagan.
U 2003-2010 yillarda Tashqi iqtisodiy aloqalar, investitsiyalar va savdo vazirligida turli lavozimlarda ishlagan, 2010-2014 yillarda O‘zbekistonning AQShdagi elchixonasida savdo-iqtisodiy masalalar bo‘yicha maslahatchi, 2014-2016 yillarda Xorijiy investitsiyalarni axborot bilan ta’minlash va qo‘llab quvvatlar bo‘yicha «O‘zinfoinvest» agentligi direktori sifatida faoliyat ko‘rsatgan.
2017 yil iyunida Investitsiyalar bo‘yicha davlat qo‘mitasi raisining birinchi o‘rinbosari etib tayinlangan, 2019 yil yanvarida qo‘mita Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi sifatida qayta tashkil etilgach, vazir o‘rinbosari lavozimida ishlay boshlagan. 2019 yil oktyabrida investitsiyalar va tashqi savdo vazirining birinchi o‘rinbosari etib tayinlangandi.
Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligiga 2022 yil iyulida Jamshid Xo‘jayev vazir etib tayinlangandi. Prezidentning «Yangi O‘zbekiston ma’muriy islohotlarini amalga oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi farmoniga ko‘ra bu vazirlik O‘zbekiston Respublikasi investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligiga o‘zgartirildi. Endilikda Jamshid Xo‘jayev Investitsiyalar va tashqi iqtisodiy aloqalar masalalari bo‘yicha bosh vazir o‘rinbosari bo‘lib qolmoqda.
Mavzuga oid
21:06 / 21.03.2026
O‘zbekistonning Iqtisodiy erkinlik indeksidagi o‘rni qanday o‘zgardi?
13:10 / 21.03.2026
Venchur va xususiy investitsiya fondlari uchun huquqiy asos yaratiladi
14:29 / 20.03.2026
Chet el investitsiyasi ishtirokidagi korxonalar soni bo‘yicha Xitoy birinchi o‘rinda
11:55 / 19.03.2026