Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Qozog‘iston Rossiya neftining O‘zbekistonga tranziti uchun tarifni oshirdi
KazTransOil Rossiya neftining Qozog‘iston orqali O‘zbekistonga tranziti uchun yangi tarifni tasdiqladi.
Kompaniya matbuot xizmati xabariga ko‘ra, KazTransOil bosh direktorining 27 dekabrdagi buyrug‘i bilan neftni tranzit qilish bo‘yicha xizmat ko‘rsatish tarifi 1 tonna uchun 27,9 AQSh dollari miqdorida tasdiqlangan (QQS inobatga olinmagan).
Ushbu tarif 2023 yil 1 fevraldan boshlab amal qiladi.
Hozirda amaldagi tarif 25,12 dollarni tashkil qiladi.
Tarif ichiga Rossiyaning Qozog‘iston bilan chegarasidan Shag‘ir neft quyish stansiyasi yo‘nalishi bo‘ylab neftni yetkazib berish narxi (1 tonna uchun 24,28 AQSh dollari) va Shag‘ir neft quyish stansiyasida temiryo‘l sisternalariga quyish tarifini (1 tonna uchun 0,84 dollar) o‘z ichiga oladi.
Mavzuga oid
17:42 / 06.07.2026
Qozog‘istonning bosh masjidi Nazarboyev sharafiga «Nursulton» nomini oldi
09:10 / 03.07.2026
Qozog‘istonda qiyin ahvolga tushgan fuqarolar O‘zbekistonga qaytarildi
22:06 / 30.06.2026
To‘qayev Qozog‘istondagi hokimiyatda keng ko‘lamli o‘zgarishlarni e’lon qildi
20:30 / 28.06.2026