O‘zbekiston | 08:21 / 31.12.2022
4878
1 daqiqa o‘qiladi

Hukumat yaratilgan yangi ish o‘rinlarini hisobga olish tartibini tasdiqladi

O‘zbekiston Vazirlar Mahkamasining «Yaratilgan yangi ish o‘rinlarini hisobga olish tartibi to‘g‘risidagi nizomni tasdiqlash haqida»gi qarori qabul qilindi.

Nizomga asosan tadbirkorlik bilan shug‘ullanuvchi yuridik shaxslar tomonidan, yakka tartibdagi tadbirkorlar, o‘zini o‘zi band qilgan fuqarolar, dehqon xo‘jaliklari hisobidan yaratilgan yangi ish o‘rinlarini hisobga olish tartibi belgilanmoqda.

Yaratilgan yangi ish o‘rinlari Davlat soliq qo‘mitasining avtomatlashtirilgan tizimi orqali hisobga olinadi.

Fermer xo‘jaliklari, klasterlar, turizm, ipak qurtini ko‘paytirish va qurilish faoliyatini amalga oshiruvchi yuridik shaxslardagi mavsumiy ish joylari ham  ish o‘rni hisoblanadi.

Yaratilgan yangi ish o‘rinlari bo‘yicha ma’lumotlar hisobot davri yakuni bilan soliq hisobotlarini taqdim etishdan so‘ng 5 kunda avtomatlashtirilgan dasturda shakllantiriladi.

Отабек Матназаров
Tayyorlagan Отабек Матназаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid