Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
O‘zbekiston MDHda avtomobil yo‘llari uzunligi bo‘yicha 4-o‘rinni egalladi
2022 yilning 1 yanvar holatiga respublikada umumiy foydalanishdagi avtomobil yo‘llarining uzunligi 42,9 ming kmni tashkil etgan.
Davlat statistika qo‘mitasi ma’lumotlariga ko‘ra, 2022 yilning 1 yanvar holatiga MDH davlatlarida umumiy foydalanishdagi avtomobil yo‘llarining uzunligi bo‘yicha Rossiya birinchi o‘rinni egalladi – 1,6 mln km.
Undan keyingi o‘rinlardan mos ravishda 103,4 ming km hamda 95,4 ming km umumiy foydalanishdagi avtomobil yo‘llar bilan Belarus va Qozog‘iston joy oldi.
Ushbu ko‘rsatkich qolgan davlatlar kesimida quyidagicha ko‘rinishga ega:
- O‘zbekiston – 42,9 ming km;
- Ozarboyjon – 28,7 ming km;
- Moldova – 9,5 ming km;
- Armaniston – 7,5 ming km.
Raqamlar davlatlarning rasmiy statistika ma’lumotlaridan olingan.