Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Manba: Medvedchukni azovchilarga almashish Rossiyaning taklifi bo‘lgan
Turkiyaning «Hurriyet» gazetasi Putinning Ukrainadagi odami ekani aytiladigan Viktor Medvedchukning 5 nafar «Azov» bataloni qo‘mondoniga almashinuv tafsilotlarini ma’lum qildi. Rossiya va Ukraina o‘rtasidagi bu almashuv o‘tgan yil sentabr oyida Anqarada o‘tkazilgandi.
Foto: Ukraina prezidenti ofis
Gazeta xabarida yozilishicha, almashuv taklifi Rossiya tomonidan chiqqan, muzokaralar esa turk razvedkachilari ishtirokida Turkiyada o‘tkazilgan. Tomonlar kelishgan kunda Anqaraga Rossiyadan ichida azovchilar bo‘lgan samolyot, Ukrainadan esa ichida Medvedchuk bo‘lgan samolyot qo‘ngan. Har ikki tomon vakillari samolyotlar qo‘nganidan keyin asirlar shaxsini aniqlash va ularning salomatligini tekshirish uchun bortlarga chiqqan.
Shunga o‘xshash jarayonlar amalga oshirilganidan so‘ng asirlar almashilgan. «Azov» qo‘mondonlari xavfsizlik yuzasidan Turkiyada qolgan, ularning xavfsizligi uchun shaxsan Turkiya prezidenti Erdo‘g‘an kafolat bergandi. Xabarda yozilishicha, azovchilarning Turkiyada qolishi Rossiya muzokarachilari talablaridan biri bo‘lgan.
Rossiya almashinuv natijasida qo‘lga kiritgan ukrainalik Viktor Medvedchukning taqdiri hamon noma’lum.
Ukraina tomoni Medvedchuk qo‘lga olingani haqida 2022 yil 13 aprel kuni xabar bergan va u Putinning odami ekanini ma’lum qilgandi. Rossiya tomoni esa o‘shanda Medvedchuk Ukraina fuqarosi ekani, Rossiyaga uning aloqasi yo‘qligini bildirgan.
Mavzuga oid
19:29 / 22.09.2025
Rossiya har qanday tahdidlarga javob berishga qodir – Putin
15:20 / 22.09.2025
Qrim «hokimiyati» Ukraina Forosga zarba berganini ma’lum qildi
14:35 / 22.09.2025
Germaniya Boltiq dengizidagi Rossiya samolyoti tufayli qiruvchilarini havoga ko‘tardi
12:25 / 22.09.2025