22:24 / 04.01.2023
39232

KXDR sobiq tashqi ishlar vaziri qatl etilgani aytildi 

Yaponiya gazetasi bir guruh shimoliy koreyalik diplomatlar qatl etilgani haqida xabar berdi. 

Li Yon Xo / Foto: AP Photo / Richard Drew

Shimoliy Koreyaning (KXDR) sobiq tashqi ishlar vaziri Li Yon Xo va yana to‘rt-besh nafar diplomat 2022 yil yozi yoki kuzida qatl etilgan. Bu haqda Yaponiyaning Yomiuri gazetasi o‘z manbalariga tayanib xabar berdi. 

Diplomatlarning qatl etilishiga Shimoliy Koreyaning Buyuk Britaniyadagi elchixonasi bilan bog‘liq qandaydir «muammo» sabab bo‘lishi mumkin – diplomatlarning barchasi u yerda turli vaqtlarda ishlagan. Jumladan, Li Yon Xo 2016-2022 yillarda elchixona rahbari bo‘lgan. 

Suhbatdoshlardan birining gazetaga aytishicha, Shimoliy Koreya rasmiylari xorijdagi vakillarini kuzatishni kuchaytira boshlagan. Qatl etilgan amaldorlarga yaqin bo‘lgan bir qator diplomatlar ham «jazolanishi» mumkinligidan qo‘rqishadi. 

Li Yon Xo Shimoliy Koreyaning Buyuk Britaniyadagi elchisi sifatida o‘z mamlakati yadroviy dasturi bo‘yicha olti tomonlama muzokaralarda ishtirok etgan edi. Shuningdek, u Shimoliy Koreya rahbari Kim Chen In va AQSh sobiq prezidenti Donald Tramp o‘rtasida 2018 va 2019 yillardagi sammitlarni tashkil etishda ham «asosiy rol o‘ynagan». Li Yon Xo 2020 yilda tashqi ishlar vaziri lavozimidan bo‘shatilgan. 

2019 yil may oyida Janubiy Koreyaning «Choson ilbo» gazetasi KXDR Davlat kengashining AQSh bo‘yicha maxsus vakili Kim Xyuk Chol qatl etilgani haqida xabar berdi. Bunga KXDR rahbari Kim Chen In bilan AQSh prezidenti Donald Tramp o‘rtasidagi muvaffaqiyatsiz muzokaralar sabab bo‘lgan. Nashrning yozishicha, Chol bilan birga Tashqi ishlar vazirligining yana to‘rt nafar xodimi ham qatl etilgan.  

 

Top