Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
O‘zbekiston TIV rahbari AQSh elchisi bilan muzokaralar o‘tkazdi
2023 yil 4 yanvar kuni O‘zbekiston tashqi ishlar vaziri v.b. Baxtiyor Saidov Amerika Qo‘shma Shtatlarining mamlakatdagi favqulodda va muxtor elchisi Jonatan Devid Xenikni qabul qildi.
So‘nggi yillarda ko‘p qirrali O‘zbekiston-AQSh hamkorligi siyosat va xavfsizlik, savdo-iqtisodiyot, insonparvarlik, madaniy-gumanitar sohalarda faol rivojlanib borayotgani ta’kidlandi. Ikki mamlakat parlamentlari o‘rtasida ham qizg‘in muloqot yo‘lga qo‘yilgan.
Tomonlar 2022 yil dekabr oyida O‘zbekiston va AQSh o‘rtasidagi strategik sheriklik muloqotining ikkinchi yig‘ilishi yakunlari bo‘yicha erishilgan kelishuvlarni har tomonlama amalga oshirishga tayyorligi qayd etildi.
Ikki tomonlama darajada va «C5+1» muloqoti doirasida rejalashtirilgan tadbirlar jadvali yuzasidan fikr almashildi.
Mavzuga oid
23:15 / 14.07.2026
AQSh Davlat kotibi Haaga tribunalini tugatishga va’da berdi
22:08 / 14.07.2026
Tramp Ho‘rmuz bo‘g‘ozidan kemalar o‘tishi uchun to‘lov olish fikridan qaytdi
10:10 / 14.07.2026
Lindsi Gremning o‘rnini uning singlisi egalladi
09:40 / 14.07.2026