Samarqandda sodir bo‘lgan YTHda ikki nafar piyoda halok bo‘ldi
AUDI haydovchisi mashina oldiga yugurib chiqqan ikki nafar piyodani urib yuborgan.
Samarqand tumanida sodir bo‘lgan yo‘l-transport hodisasida ikki nafar piyoda vafot etgan. Bu haqda viloyat IIB YHXB axborot xizmati xabar bermoqda.
Hodisa 2023 yil 1 yanvar kuni soat 21:30 larda Samarqand tumani Usta Umar Jo‘raqulov ko‘chasida sodir bo‘lgan.
AUDI haydovchisi mashina oldiga yugurib chiqqan ikki nafar piyodani urib yuborgan. Oqibatda, og‘ir tan jarohati olgan piyodalar vafot etgan.
Holat yuzasidan Samarqand tumani IIB huzuridagi tergov bo‘limi tomonidan Jinoyat kodeksining 266-moddasi 2-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.
Qayd etilishicha, gumonlanuvchi protsessual tartibda ushlangan. Hozirda dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda.
Mavzuga oid
15:28 / 22.11.2024
Svetoforning qizil chirog‘ida harakatlangan Malibu piyodani urib yuborishiga oz qoldi
20:04 / 21.11.2024
Otasining yoniga ko‘milgan qizaloqlar: opa-singil mast “poygachi”ning qurboni bo‘ldi
11:28 / 21.11.2024
Farg‘onada sodir bo‘lgan YTHda voyaga yetmagan qiz halok bo‘ldi
08:10 / 21.11.2024