O‘zbekiston | 08:20 / 05.01.2023
7299
1 daqiqa o‘qiladi

O‘zbekiston qiymati 1 mlrd dollarlik meva va sabzavotlar eksport qildi

O‘zbekiston 11 oyda qancha meva va sabzavotlar eksport qilgani to‘g‘risida ma’lumot berildi.

Foto: Kun.uz

2022 yilning yanvar-noyabr oylarida O‘zbekiston qiymati 1 mlrd dollarlik 1,6 mln tonna meva va sabzavotlar eksport qilgan. 

Davlat statistika qo‘mitasi dastlabki ma’lumotlariga ko‘ra, bu ko‘rsatkich o‘tgan yilning mos davri bilan solishtirilganda 168,3 ming tonnaga oshgan. 

2022 yilning 11 oyida eksport qilingan meva va sabzavotlar hajmi: 

  • meva va rezavorlar – 335 ming tonna;
  • quritilgan meva va rezavorlar – 42 ming tonna;
  • sabzavotlar – 819 ming tonna; 
  • piyoz – 199,5 ming tonna;
  • karam – 142 ming tonna; 
  • pomidor – 71 ming tonna; 
  • uzum – 218 ming tonna;
  • mayiz – 73,6 ming tonna;
  • yeryong‘oq – 18,3 ming tonna;
  • tarvuz-qovun – 135,8 ming tonna.

Mavzuga oid