«Sberbank» O‘zbekistonda tovar belgilarini ro‘yxatdan o‘tkazmoqda
Rossiyaning eng yirik banki «Sberbank» O‘zbekistonda o‘z tovar belgilarini ro‘yxatdan o‘tkazmoqda. Tegishli ma’lumot Intellektual mulk elektron davlat xizmatlari portali bazasida paydo bo‘lgan.
Ariza 2022 yilning 26 dekabrida topshirilgan. Portalda ikkita tovar belgisi (nomlari lotin va kirill alifbosidagi) va logotipni ro‘yxatdan o‘tkazish uchun yuborilgan bank so‘rovi keltirilgan.
Ma’lumot uchun, 1991 yilda tashkil etilgan «Sberbank» aktivlari bo‘yicha Rossiyadagi eng yirik banki hisoblanadi. Ayni paytda bankning Rossiya Federatsiyasida 13,6 mingdan ortiq filiallari va 106 million faol mijozlari mavjud. Moskva birjasi ma’lumotlariga ko‘ra, bankning bozor kapitallashuvi 3 trillion rubldan (43,3 milliard dollar) oshadi.
Ukrainada urush boshlanganidan so‘ng Rossiya banklariga bir qator sanksiyalar joriy etilgan edi. Xususan, 2022 yilning iyun oyida «Sberbank» SWIFT moliyaviy tizimidan uzildi.
Mavzuga oid
16:52 / 10.11.2022
«Sberbank» rahbari: Firmalarning Rossiyadan chiqib ketishi iqtisodiyotga yo‘qotishlar bilan tahdid qilyapti
15:05 / 28.07.2022
“Sberbank” O‘zbekiston va Qirg‘izistonga rublda bepul pul o‘tkazmalarini yo‘lga qo‘ydi
14:28 / 14.06.2022
Sberbank va Rossiyaning yana ikkita banki SWIFT’dan uzildi
09:33 / 09.06.2022