Rossiyaning eng yirik banki «Sberbank» Özbekistonda öz tovar belgilarini röyxatdan ötkazmoqda. Tegişli ma’lumot Intellektual mulk elektron davlat xizmatlari portali bazasida paydo bölgan.

Ariza 2022 yilning 26 dekabrida topşirilgan. Portalda ikkita tovar belgisi (nomlari lotin va kirill alifbosidagi) va logotipni röyxatdan ötkaziş uçun yuborilgan bank sörovi keltirilgan.
Ma’lumot uçun, 1991 yilda taşkil etilgan «Sberbank» aktivlari böyiça Rossiyadagi eng yirik banki hisoblanadi. Ayni paytda bankning Rossiya Federatsiyasida 13,6 mingdan ortiq filiallari va 106 million faol mijozlari mavjud. Moskva birjasi ma’lumotlariga köra, bankning bozor kapitallaşuvi 3 trillion rubldan (43,3 milliard dollar) oşadi.
Ukrainada uruş boşlanganidan söng Rossiya banklariga bir qator sanksiyalar joriy etilgan edi. Xususan, 2022 yilning iyun oyida «Sberbank» SWIFT moliyaviy tizimidan uzildi.
















