Rossiyaning Ukrainaga harbiy bostirib kirişi munosabati bilan xorijiy kompaniyalarning Rossiya bozoridan ommaviy ravişda çiqib ketişi uzoq muddatli istiqbolda mamlakat iqtisodiyotiga zarar yetkazadi, dedi payşanba, 10 noyabr kuni Moskvadagi «Finopolis» forumida «Sberbank» boşqaruvi raisi German Gref. «Men xorijlik sotuvçilarning bozordan çiqib ketişiga yaxşi baho bera olmayman. Heç bir Rossiya kompaniyasi avvalgi raqobat darajasini saqlab qola olmaydi», - deya Gref sözlarini keltirgan RBK.
«Ayrim aktivlarni bir martalik va nisbatan arzon oliş - kimgadir bir martalik foyda böladi, ammo iqtisodiyot uzoq muddatda yutqazadi, çunki raqobat ziçligi pasayadi», deb tuşuntirdi «Sberbank» boşqaruv raisi. «Raqobat bölmagan joyda innovatsiya ham bölmaydi», — deya qöşimça qildi u.
Şu bilan birga, VTB boşqaruvi raisi Andrey Kostinning aytişiça, Rossiyadan xorijiy kompaniyalarning çiqib ketişi tejaş imkonini beradi. «Ehtimol, eng yirik kompaniyalarning ketişida yaxşi narsa yöqdir, lekin, aytmoqçi, bu bizga nafaqat siyosiy yoki biznes himoyasini taqdim etadi, balki xarajatlarni tejaşni ham beradi», dedi u. VTB rahbarining sözlariga köra, uning tuzilmalari uç yil içida 500 milliard rublni tejaşga qodir böladi, çunki ular qisman xorijiy IT mahsulotlarini almaştirdi.
Yyel menejment maktabi ma’lumotlariga köra, noyabr oyi boşiga kelib, iqtisodiyotning köplab sohalaridagi mingdan ortiq xorijiy kompaniyalar Rossiyani tark etgan, mamlakatdagi faoliyatini qisqartirgan yoki töxtatgan. Öz navbatida, bir qator rus firmalari taşqi bozorlarni tark etişga yoki ulardagi mavjudligini çeklaşga majbur böldi. Şunday qilib, aprel oyida VTB Frankfurt-Mayn şahrida joylaşgan VTB Bank Europe SE’ning Yevropa şu’ba korxonasi ustidan nazoratni yöqotdi. Mart oyida «Sberbank» Yevropa bozoridan çiqişini e’lon qildi.

















