Özbekistonning 5ta banki kartalariga “Sberbank” Onlayn ilovasi orqali kuniga 50 ming rublgaça komissiyasiz pul ötkazmalarini amalga oşiriş mumkin böladi. Buning ortidan rublning sömga nisbatan bosimi yanada ortişi mumkinligi aytilmoqda.
“Sberbank” bank kartalaridan Özbekiston va Qirğizistonga rubldagi bepul pul ötkazmalarini yölga qöymoqda.
Qayd etilişiça, 0 foizlik komissiya “Sberbank” Onlayn ilovasida amalga oşiriladigan pul ötkazmalari uçun qöllaniladi. Komissiyasiz pul ötkazmalarining kunlik çegarasi Qirğizistonga 150 ming rublgaça, Özbekistonga esa 50 ming rublgaça böladi.
Bepul ötkazmalarni Özbekistonning 5ta banki kartalariga amalga oşiriş mumkin:
- Agrobank;
- Universalbank;
- Hamkorbank;
- Xalq banki;
- Oriyent finans bank.
Öz navbatida, Qirğizistonning ham 5ta banki kartalariga komissiyasiz ötkazmalar amalga oşiriladi:
- Bakay Bank;
- FINSA Bank;
- MBank;
- Keremet Bank;
- Bank Kompanon;
- ElCOM va O! Dengi elektron hamyonlari.
Bepul pul ötkazmalarining oylik limiti Özbekistonga 600 ming rubl, Qirğizistonga esa 1,5 mln rubl etib belgilangan.
Uşbu amaliyot ortidan rublning sömga nisbatan bosimi yanada ortişi aytilmoqda.

















