O‘zbekiston | 13:27 / 06.01.2023
50884
1 daqiqa o‘qiladi

Jizzaxdagi manzil-koloniyadan qochgan 2 mahkum Andijon chegara hududida ushlandi 

Joriy yil 4 yanvar kuni Jizzax viloyati Zafarobod tumanida joylashgan 30-son jazoni ijro etish manzil-koloniyasida jazo muddatini o‘tab kelayotgan mahkumlar qochib ketgani haqida xabar berilgan edi.

Foto: Jazoni ijro etish departamenti

IIV huzuridagi Jazoni ijro etish departamenti xabariga ko‘ra, amalga oshirilgan tezkor-qidiruv tadbirlari jarayonida 5 yanvardan 6 yanvarga o‘tar kechasi mahkumlar N.M. va K.A. Andijon viloyati chegara hududlaridan birida jamoatchilik yordamida qo‘lga olinib, vaqtincha saqlash hibsxonasiga joylashtirilgan.

Holat yuzasidan tekshiruv tayinlangan bo‘lib, jazoni ijro etish muassasasini ruxsatsiz tark etgan mahkumlarning harakatlariga huquqiy baho berilishi ta’minlanishi aytiladi.

Jinoyat-ijroiya kodeksining 114-moddasiga ko‘ra jazoni ijro etish muassasasi hisoblangan manzil-koloniyalarda jazo muddatini o‘tayotgan mahkumlar koloniya hududi doirasida soqchisiz, erkin yurish, ishlash, ma’muriyatning ruxsati bilan koloniya hududidan tashqarida nazoratsiz harakatlanish huquqidan foydalanadi.

Belgilangan tartibni buzgan mahkumlar qat’iy nazorat ostiga, ya’ni ilgari jazo muddatini o‘tagan umumiy, qattiq yoki maxsus tartibli koloniyalarga qaytariladi.

Отабек Матназаров
Tayyorlagan Отабек Матназаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid