O‘zbekiston | 14:33 / 09.01.2023
10468
1 daqiqa o‘qiladi

Surxondaryoda mijoz talashgan kirakashlar ommaviy mushtlashuv uyushtirishdi

Ikki guruhga bo‘lingan kirakashlar tosh va tayoqlardan foydalanib bir-biriga jan jarohatlari yetkazgan.

Illyustrativ foto

Surxondaryo viloyati Uzun tumanida kirakashlar ikki guruhga bo‘linib, o‘zaro mushtlashgan. Bu haqda viloyat IIB axborot xizmati xabar bermoqda.

Hodisa 2023 yil 5 yanvar kuni soat 11:10 larda Uzun tumanida joylashgan avtoshohbekatda sodir bo‘lgan.

Uzun tumanida yashovchi bir guruh kirakashlar qo‘llariga turli xildagi tosh va tayoqlar olib, shu tumanda yashovchi boshqa bir guruh kirakashlar bilan mijoz talashib, o‘zaro janjallashib qolishadi.

Janjal davomida har ikki tomon bir-birlarining duch kelgan joylariga urib, tan jarohati yetkazishgan.

Qayd etilishicha, holat yuzasidan o‘sha kunning o‘zidayoq har ikki tomondan bir necha yigitga Jinoyat kodeksining 277-moddasi 3-qismi “g” bandi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.

Mavzuga oid