Chexiya sobiq bosh vaziri Babish firibgarlik ishi bo‘yicha oqlandi
Andrey Babish ishtirok etayotgan prezidentlik saylovlariga bir necha kun qolganda, sud uning harakatlarida jinoyat tarkibi bo‘lmagan deb topdi.

Andrey Babish / Foto: AP
Praga sudi Chexiya sobiq bosh vaziri va parlament deputati Andrey Babishni Yevropa Ittifoqi subsidiyalari bilan firibgarlik sodir etish ishi bo‘yicha oqladi, deb xabar berdi AFP dushanba, 9 yanvar. Sudya Yan Shottning so‘zlariga ko‘ra, Babishning harakatlarida jinoyat tarkibi topilmagan. Prokuror ushbu qaror ustidan shikoyat qilish huquqiga ega. Ayblov tomoni sudlanuvchini 3 yillik sinov muddati va 10 million kron (417 ming yevro) miqdorida jarimaga tortilishini talab qildi.
Andrey Babish Yevropa Ittifoqi tomonidan kichik va o‘rta biznesni qo‘llab-quvvatlash uchun ajratilgan 2 million yevro mablag‘ni Praga yaqinida Babish oilasi a’zolariga tegishli bo‘lgan «Laylak uyasi» mehmonxonasini qurish uchun ishlatgan. Qurilish uchastkasi 2006 yilda Babishga tegishli bo‘lgan Agrofert xoldingi tomonidan sotib olingan. Ayblov tomoni siyosatchi bu faktni yashirgan deb hisoblamoqda.
Ish bo‘yicha tergov bir necha yil davom etdi. 2022 yil mart oyida Chexiya parlamentining quyi palatasi Praga prokuraturasi talabiga ko‘ra Andrey Babishni deputatlik daxlsizligidan mahrum qildi.
2023 yilgi saylovlarda prezidentlikka nomzodini qo‘yish niyatini bildirgan siyosatchining o‘zi barcha ayblovlarni rad etib, jarayon siyosiy xarakterga ega ekanligini ta’kidladi. U jinoiy ishni prezidentlik saylovlari bilan bog‘ladi. Babish favoritlardan biri sanaladi, deya qayd etadi AFP.
«Bizda mustaqil sud tizimi borligidan va sud boshidanoq aytganlarimni tasdiqlaganidan juda xursandman. Men aybsizman va hech qanday noqonuniy ish qilmaganman», - deya izoh berdi Andrey Babish sud qaroriga.
Tavsiya etamiz
AQSh 43 davlat, jumladan Rossiya va Belarus fuqarolarining kirishini cheklashi mumkin
Jahon | 17:13 / 15.03.2025
Siyosat va futbol: to‘p yana Trampda
Jahon | 21:48 / 14.03.2025
Toshkentda bitta xonadon narxi necha yillik ijara haqiga teng?
O‘zbekiston | 20:15 / 14.03.2025
Toshkentda popkorn sotuvchilarini “panohiga olgan” profilaktika inspektori pora olganlikda ayblandi
Jamiyat | 19:19 / 14.03.2025
So‘nggi yangiliklar
-
AQSh va Yevropa o‘rtasidagi savdo urushidan ko‘riladigan zarar qariyb 10 trln dollarga baholandi
Jahon | 22:18
-
Yoshlar yetakchilari “Ibrat Academy” ilovasining pulli versiyasini sotib olishga majburlangani aytildi. Agentlik buni rad etdi
O‘zbekiston | 22:05
-
Toshkentda Lacetti kanalga tushib ketdi
Jamiyat | 22:03
-
Tramp husiylar tufayli Eronga «dahshatli oqibatlar» bilan tahdid qildi
Jahon | 22:02
Mavzuga oid

10:31 / 17.02.2025
Chexiya Ukraina uchun snaryadlar sotib olishni davom ettirishga va’da berdi

11:35 / 07.02.2025
Pragada rossiyaliklarga Chexiya fuqaroligini berish vaqtincha taqiqlandi

00:14 / 04.02.2025
Chexiyada qunduzlar ikki kun ichida to‘g‘on qurib, hukumat mablag‘larini tejab qoldi

23:41 / 22.01.2025