Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Germaniya tashqi ishlar vaziri e’lon qilinmagan tashrif bilan Xarkivga bordi
Annalena Berbok Ukrainaga huquqiy va harbiy yordam berilishini va’da qildi.
Foto: Twitter / Dmitro Kuleba
Germaniya tashqi ishlar vaziri Annalena Berbok Ukrainaning Xarkiv shahriga e’lon qilinmagan tashrif bilan bordi.
Unga Ukraina tashqi ishlar vaziri Dmitriy Kuleba va Ukrainaning Germaniyadagi elchisi Aleksey Makeyev hamrohlik qildi. Tashrif xavfsizlik nuqtai nazaridan sir tutildi.
Annalena Berbok Germaniya Vazirlar Mahkamasining fevral oyidan beri Sharqiy Ukrainaga tashrif buyurgan birinchi a’zosi bo‘ldi, deb qayd qildi Stuttgarter Nachrichten.
Tashrif chog‘ida vazir ko‘proq qurol-yarog‘ va shuningdek, mamlakatning Yevropa Ittifoqiga qo‘shilishiga yordam beradigan «aniq takliflar»ni va’da qildi.
«Biz hukumat sifatida Ukrainaga qonun ustuvorligini, mustaqil institutlarni mustahkamlash va korrupsiyaga qarshi kurashda muvaffaqiyatga erishish, shuningdek, uni Yevropa Ittifoqi standartlariga moslashtirish uchun juda aniq takliflar bermoqchimiz», dedi u.
Hozirda NATO va Yevropa Ittifoqida Kiyevga og‘ir jangovar tanklarni berish masalasi muhokama qilinmoqda. Gap birinchi navbatda Germaniya Qurolli kuchlarida bo‘lgan Leopard 2 tanklari haqida ketyapti.
Mavzuga oid
15:08 / 17.01.2026
Ukraina sudi Timoshenko uchun 661 ming yevro garov belgiladi
14:28 / 17.01.2026
Shmixal: Ukrainada Rossiya zarbalaridan zarar ko‘rmagan elektr stansiyalari qolmadi
13:17 / 17.01.2026
Zelenskiy: Ukraina delegatsiyasi AQShga yo‘l oldi
12:17 / 17.01.2026