Jahon | 00:34 / 11.01.2023
4779
2 daqiqa o‘qiladi

Fransiya 2030 yildan boshlab pensiya yoshini oshiradi

Shu vaqtga borib fransuzlar 64 yoshdan pensiyaga chiqa boshlaydi.

Foto: Reuters

Fransiya hukumati 2030 yildan boshlab eng kam pensiya yoshini 62 yoshdan 64 yoshga ko‘tarishni rejalashtirmoqda. Rasmiylar 2023 yil 1 sentabrdan boshlab pensiya yoshini bosqichma-bosqich oshirishni boshlaydi, deb xabar berdi Bloomberg.

Fransiya kasaba uyushmalari avvalroq prezident pensiya yoshini oshirishda davom etsa, norozilik namoyishlari o‘tkazishga va’da bergan edi. Endi barcha yirik kasaba uyushma tashkilotlari rahbarlari yig‘ilib, hukumat rejalariga qanday munosabatda bo‘lishni muhokama qiladi.

Fransiyada 2017 yilda pensiyaga chiqish 60 yoshdan 62,5 yoshgacha oshirilgan edi. Ishchilarning ayrim toifalari 60 yoshda nafaqaga chiqishi ham mumkin. 2018 yilda Fransiya hukumati 2023 yilgacha eng kam pensiya yoshini bosqichma-bosqich 67 yoshga oshirishni rejalashtirgandi.

2019 yilda Fransiyada rasmiy pensiya yoshi o‘zgarmasligi ma’lum bo‘ldi, ammo mamlakatda 2025 yilga borib muvozanat yoshi joriy etilishi ko‘zda tutilgandi. Bu yoshda pensiya to‘lovlarining asosiy qismi boshlanishi lozim edi. Biroq, bu kasaba uyushmalarining keskin noroziligini keltirib chiqardi.

Shundan so‘ng, bosh vazir Eduard Filipp yangi normalarni bosqichma-bosqich joriy etishni taklif qildi. 

Fransiya aholisi qarib borayotgan Yevropa mamlakatlaridan biri hisoblanadi. Pensiya islohoti ham shu sababli amalga oshirilmoqda.

Сардор Юсупов
Tayyorlagan Сардор Юсупов
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid