Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
O‘zbekistonning bir qancha fuqarolari Chernogoriyada «faxriy fuqarolik»ni oldi
«Faxriy fuqarolik» minglab xorijliklarga berildi, ulardan 10 nafari o‘zbekistonlik.
Chernogoriya hukumati 2008-2022 yillar davomida «faxriy fuqarolik»ni olgan mingdan ortiq xorijliklarning ismini e’lon qildi.
Ular orasida O‘zbekiston fuqarolari ham bor. Jumladan, Svetlana Sonk (2022 yil sentabr), Tatyana Shpakova (2022 yil yanvar), Konstantin Rozanov, Olga Rozanova, Vladimir Rozanov, Nataliya Rozanova (2021 yil dekabr), Oksana Shirokix (2021 yil noyabr), Bogdan Blotskiy, Yuliya Blotskaya, Yana Blotskaya (2021 yil avgust) Chernogoriya «faxriy fuqaroligi»ni olgan.
Ro‘yxatda Ozarboyjon, Belarus, Qozog‘iston, Xitoy, Saudiya Arabistoni va Ukraina fuqarolari ham bor. Ro‘yxatning deyarli yarmini Rossiya fuqarolari tashkil etadi.
Chernogoriyada 2019 yilda «iqtisodiy fuqarolik» dasturini ishga tushirgan edi. Unga ko‘ra, mamlakatning qoloq hududidagi rivojlanish loyihasiga 350 ming yevro yoki ilg‘or hududidagi loyihaga 550 ming yevro investitsiya kiritgan xorijliklarga mamlakat fuqaroligi berilar edi. Rasmiylar 2 mingga yaqin pasportni «sotib», 4,8 milliard yevro ishlab olishni rejalashtirdi. Ammo mamlakat fuqaroligini olishni istaganlar juda kam bo‘ldi. Bundan tashqari, YeI ma’muriyati bu dasturni yopishni qayta-qayta talab qildi.
Mavzuga oid
10:15 / 17.06.2026
O‘zbekistonda 10 yoshdan katta aholining qariyb barchasi mobil telefon ishlatadi
23:44 / 13.06.2026
Turkiyada qo‘lga olingan xalqaro qidiruvdagi ikki shaxs O‘zbekistonga qaytarildi
12:12 / 09.06.2026
O‘zbekistonning oltin-valuta zaxiralari qisqardi
11:00 / 08.06.2026